Agarda ular taloq qilishga qaror qilgan boʻlsalar, u holda Alloh, albatta, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
There are 9 verses derived from the masdar-o'zak ع ز م you searched for.
qat'iy qaror qilsalar, va urinmang, qaror qilganingda, qilishga arziydi, bir azm, bajarilishi kerak, juda muhim, azm (va iroda), azm qilingani
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agarda ular taloq qilishga qaror qilgan boʻlsalar, u holda Alloh, albatta, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Sizlar uchun erlari vafot etib, idda saqlab turgan ayollarga sovchi qoʻyish haqida ishora qilish yoki koʻnglingizda sovchi qoʻyish haqida pinhona oʻylab yurishingizda gunoh yoʻq. Zero, Alloh sizlarni u ayollar haqida oʻylab yurganingizni bildi. Lekin ular bilan pinhona vaʼdalashmanglar. Faqat yaxshi gap gapirishingiz mumkin boʻladi. To idda muddati tugamaguncha nikoh aqdini tuzishga qaror qilmanglar. Hamda bilib qoʻyinglar, shubhasiz, Alloh ichingizdagi hamma narsani biladi. Shuningdek, Unga isyon qilishdan ehtiyot boʻlinglar. Hamda Alloh, albatta, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zot ekanini ham bilinglar.
Ey Rasulim, Allohning rahmati tufayli ularga yumshoq muomalada boʻldingiz. Agar siz ularga qoʻpol, qattiq qalbli boʻlganingizda, shubhasiz, atrofingizdan tarqalib ketishardi. Shunday ekan, ularni kechiring va xatolari uchun Allohdan mag‘firat tilang. Qilinadigan ishlarda ular bilan maslahatlashing. Qachonki yakuniy qarorni qabul qilsangiz, unda Allohga tavakkul qiling. Albatta, Alloh Oʻziga suyanib ish qiluvchilarni sevadi.
Albatta, molu davlat va jonlaringiz bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan avvalgi kitob berilgan yahudiy va nasroniylar va mushriklar tomonidan koʻplab ozor eshitasizlar. Agar mana shu hollarga sabr qilib, Allohdan qoʻrqsangizlar, bu qilganlaringiz ishlarning muqarrarligidandir.
Darhaqiqat, Biz oldin Odam bilan jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida ahdlashgan edik. U esa ahdni unutdi va Biz unda azmu qaror koʻrmadik.
Ey oʻg‘ilcham, namozni toʻliq ado et, odamlarni yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda oʻzingga yetgan turli balolarga sabr qil. Albatta, mana shu amallar ishlarning puxtasidandir.
Albatta, kimki berilgan aziyatlarga sabr qilsa va Alloh uchun kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.
Bas, ey Muhammad, matonat egasi boʻlgan payg‘ambarlar sabr qilganlaridek siz ham ozorlarga sabr qiling va ularga tushadigan azobga oshiqmang. Ular oʻzlariga vaʼda qilinayotgan azobni koʻradigan kunda bu dunyoda goʻyo faqat kunduzdan bir soatgina turgandek boʻlib qoladilar. Bu Alloh tomonidan bir yetkazishdir. Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinadi.
Ularning itoat qilishi va yaxshi soʻz soʻzlashi lozim edi. Endi, qachonki, ish muqarar boʻlganda, ular Allohga sodiq qolsalar, albatta, oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi.