Biz ularni qabila holida oʻn ikki guruhga boʻlib qoʻydik. Muso oʻz qavmi uchun suv talabida boʻlganida, “Asong bilan toshga urgin”, – deb vahiy qildik. Oʻshanda undan oʻn ikkita buloq otilib chiqqan edi. Darhaqiqat, oʻn ikki qabilaning har bir odamlari oʻzlarining suv ichadigan joyini bilib oldilar. Hamda jazirama issiqdan saqlanishlari uchun bulutni tepalariga soyabon qildik. Osmondan ularga shirinlik va bedanalar tushirib: “Sizlarga rizq qilib bergan toza narsalarimizdan yenglar”, – dedik. Bani Isroil avlodlari Bizga zulm qilmadilar, balki oʻzlariga zulm qilgan edilar.

