Sizlar uchun dengizni ikkiga ayirib, g‘arq boʻlishdan qutqarganimizni hamda firʼavnning xonadoni va izdoshlarini koʻzingiz bilan koʻrib turganingizda suvga choʻktirib yuborganimizni ham esga olinglar.
There are 72 verses derived from the masdar-o'zak ف ر ق you searched for.
yorgan edik, va furqon, bir guruh, bir guruhni, kimini, kimini ham, ajratuvchi, ajratish qilmaymiz, to'g'ri va noto'g'rini ajratishni, bir qismini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Sizlar uchun dengizni ikkiga ayirib, g‘arq boʻlishdan qutqarganimizni hamda firʼavnning xonadoni va izdoshlarini koʻzingiz bilan koʻrib turganingizda suvga choʻktirib yuborganimizni ham esga olinglar.
Keyin shoyad, hidoyat topasizlar deb, Musoga Tavrot kitobini va haq bilan botilni ayiruvchi Furqonni ham berganimizni eslanglar.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Keyin ey bani Isroil avlodlari, sizlar shunday kimsalarsizki, bir-biringizni oʻldirasizlar, oʻzingizdan boʻlgan bir guruhni yurtlaridan haydab chiqarib yuborasizlar va ularga qarshi gunoh va adovat yoʻlida hamkorlik qilasizlar. Bordi-yu u guruhdagilar sizga asir tushib kelsalar, ulardan tovon olib qoʻyib yuborasizlar. Vaholanki, ularni haydab chiqarish sizlarga harom qilingan edi. Yoki siz Tavrot kitobining baʼzi bir qismiga ishonib, baʼzi bir qismiga ishonmay kufr keltirasizlarmi?! Sizlardan bu ishni qilgan kimsaning jazosi dunyo hayotida, faqat rasvolik koʻrishdir. Qiyomat kunida esa eng shiddatli azobga duchor qilingaydirlar. Alloh siz qilayotgan ishlardan bexabar g‘ofil emasdir.
Haqiqatan, Biz Musoga Tavrot kitobini berdik va uning ortidan ketma-ket payg‘ambarlarni yubordik. Maryam oʻg‘li Isoga ochiq-oydin moʻʼjizalar, hujjatlar berdik hamda uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻlladik. Ey bani Isroil avlodlari, har gal sizlarga bir payg‘ambar nafsingiz istamagan amrlarni olib kelsa, takabburlik qilib ularning bir qismini yolg‘onchiga chiqarib, yana bir qismini oʻldiraverasizlarmi?!
Haqiqatan, Biz Musoga Tavrot kitobini berdik va uning ortidan ketma-ket payg‘ambarlarni yubordik. Maryam oʻg‘li Isoga ochiq-oydin moʻʼjizalar, hujjatlar berdik hamda uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻlladik. Ey bani Isroil avlodlari, har gal sizlarga bir payg‘ambar nafsingiz istamagan amrlarni olib kelsa, takabburlik qilib ularning bir qismini yolg‘onchiga chiqarib, yana bir qismini oʻldiraverasizlarmi?!
Yahudiylar qachon biror bir ahdlashuv ustida kelishsalar, ulardan bir guruh chiqib u ahdni buzmadimi? Haqiqat shuki, ularning koʻpchiligi iymonga kelmaydilar.
Qachonki, ularga Allohning huzuridan oʻzlaridagi Tavrotni tasdiqlovchi Rasul kelsa, kitob berilgan kimsalardan bir guruhi Allohning kitobi Qurʼonni goʻyo hech narsa bilmagandek qabul qilmasdan orqalariga uloqtirdilar.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Ey moʻminlar: “Allohga, bizga nozil qilingan kitobga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqubga va uning avlodlariga nozil qilinganlarga hamda Muso va Isoga berilgan kitoblarga va butun payg‘ambarlar uchun Robbilari tarafidan berilganlarga iymon keltirdik. Biz u payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz va biz Uning buyruqlariga taslim boʻluvchilarmiz”, – deb aytinglar.
Biz kitob bergan yahudiy va nasroniylar u Muhammadni payg‘ambar ekanligini xuddi oʻz oʻg‘illarini tanigandek bilardilar. Shubhasiz, ulardan bir guruhi oʻz kitoblaridan uning sifatini oʻqib turib, bilgan hollarida haqiqatni yashiradilar.
Ramazon oyi shunday oydirki, unda insonlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan, haq va botilni ayiruvchi Furqon va hidoyat manbaidan dalillar boʻlgan Qurʼon nozil boʻlgandir. Bas, agar sizlardan kimki bu oyga yetishib, shohid boʻlsa, albatta, roʻzani tutsin. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga osonlikni xohlaydi, qiyinchilik boʻlishni istamaydi. Sizlarga bu osonlik roʻza kunlarining sanog‘ini toʻldirishingiz va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘lab, takbir aytishingiz uchundir. Shoyadki, bu neʼmatlarga shukr qilsangizlar.
Oralaringizda mol-mulklaringizni nohaqlik bilan yemanglar. Shuningdek, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yoʻl bilan yeyish maqsadida bila turib, u moldan bir miqdorini hokimlarga pora sifatida uzatmanglar.
Allohning Rasuli boʻlgan Muhammad oʻziga Robbidan nozil qilingan Qurʼonga iymon keltirdi va moʻminlar ham iymon keltirdilar. Ularning barchalari Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga “Allohning Rasullarini bir-biridan ajratmaymiz”, – deb iymon keltirganlar. Hamda ular: “Eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz, bizlarni mag‘firat qil va oxirgi boradigan joy Oʻzinggadir”, – dedilar.
Avvaldan ular insonlarga hidoyat manbai boʻlgan edi. Keyin esa, haq bilan botilni ayiruvchi boʻlgan Furqonni nozil qildi. Shubhasiz, Allohning oyatlarini inkor qiluvchilarga shiddatli azob bordir. Alloh izzati buyuk – Aziz va zolimlar uchun intiqom sohibidir.
Ey Muhammad, oʻzlariga Tavrot va Injil kitobidan nasiba berilgan kimsalar oralarida hukm qilish uchun Allohning kitobiga chaqiriladilar-u, keyin esa ulardan bir guruhi hukmdan yuz oʻgirgan hollarida ortlariga burilib ketganlarini koʻrmadingizmi?
U yahudiylardan yana shunday bir guruh borki, Tavrot kitobidan boʻlmagan holda uni kitobdan deb hisoblashingiz uchun kitobni tillarini burab, atayin oʻzgartirib oʻqiydilar. Hamda bu oʻqiganlarini “u Allohning huzuridan”, – deydilar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bila turib Alloh haqida yolg‘on gapni aytadilar.
Ey Rasulim, siz: “Biz Allohga, bizga nozil qilingan Qurʼonga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlariga tushirilgan ilohiy amrlarga, shuningdek, Muso, Iso va barcha payg‘ambarlarga Robbilari tomonidan berilgan vahiyga iymon keltirdik. U payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz. Biz yolg‘iz Unga taslim boʻlganmiz”, – deb ayting.
Ey iymon keltirganlar! Bordi-yu kitob berilganlarning biror bir guruhiga itoat qilsangiz, iymon keltirganingizdan keyin sizlarni yana kofirlikka qaytaradilar.
Hammangiz birgalikda Allohning arqoni Qurʼonni mahkam tutinglar va ajralib ketmanglar. Allohning sizga bergan neʼmatini yodga olinglar. Bir paytlar bir-biringizga dushman edingiz soʻng, qalblaringizni oʻzaro oshno qilib qoʻydi. Uning neʼmati soyasida birodarlarga aylandingiz. Doʻzax chuqurining yoqasida ekaningizda undan sizlarni qutqardi. Hidoyat yoʻlini topishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday bayon qiladi.