Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
There are 108 verses derived from the masdar-o'zak ف ع ل you searched for.
qilmadingizsa, qila olmaysiz, qani qiling, qilmas edilar, qiluvchi, qilganingiz, qilsangiz, qilsa, qilishlarida, qiladi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
Keyin ular: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning qandayligini bizlarga bayon qilsin”, – dedilar. Shunda Muso: “U Zotning amr qilishicha, sigir na qari va na juda yosh, shu ikkisi oralig‘idagi oʻrtacha bir sigir boʻlsin”, – deb aytdi. Soʻngra Muso: “Bas, endi sizga amr qilingan ishni qila qolinglar”, – dedi.
Oxiri Muso oʻz qavmiga qarata: “U Zotning amr qilishicha sigir, yer haydash, suv tashib ekin sug‘orish uchun boʻyniga arqon tortilib egilmagan, benuqson va tanasida dog‘i boʻlmagan bir sigir boʻlsin”, – dedi. Shundan soʻnggina u yerdagi qavm nochor: “Ana endi barcha maʼlumotni toʻg‘risini keltirding”, – deb aytdilar. Bunday sifatga ega sigirni bazoʻr topib, uni soʻydilar. Oz qolsa, bu ishni qila olmas edilar.
Keyin ey bani Isroil avlodlari, sizlar shunday kimsalarsizki, bir-biringizni oʻldirasizlar, oʻzingizdan boʻlgan bir guruhni yurtlaridan haydab chiqarib yuborasizlar va ularga qarshi gunoh va adovat yoʻlida hamkorlik qilasizlar. Bordi-yu u guruhdagilar sizga asir tushib kelsalar, ulardan tovon olib qoʻyib yuborasizlar. Vaholanki, ularni haydab chiqarish sizlarga harom qilingan edi. Yoki siz Tavrot kitobining baʼzi bir qismiga ishonib, baʼzi bir qismiga ishonmay kufr keltirasizlarmi?! Sizlardan bu ishni qilgan kimsaning jazosi dunyo hayotida, faqat rasvolik koʻrishdir. Qiyomat kunida esa eng shiddatli azobga duchor qilingaydirlar. Alloh siz qilayotgan ishlardan bexabar g‘ofil emasdir.
Haj maʼlum oylarda ado etiladi. Kim u oylarda hajni niyat qilib uni oʻziga farz qilsa, haj ibodatida ayoliga yaqinlik qilish, fisq-fujur ishlar va janjal-toʻpolon qilishi mumkin emas. Yaxshilik turidan nimaiki qilsangiz, Alloh uni biladi. Ey moʻminlar, oxirat hayoti uchun ozuqa g‘amlanglar. Shubhasiz, ozuqaning eng yaxshisi – bu taqvodir. Ey aql egalari, faqatgina Mendan qoʻrqinglar.
Ey Muhammad, sizdan nimalarni va kimlarga ehson qilishni soʻraydilar. Ularga: “Nimaiki ehson qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetim-yesirlar, miskinlar va musofirlarga qilinglar. Yaxshi ishlardan nimaiki qilsangiz, albatta, Alloh uni bilib turuvchidir”, – deb ayting.
Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz va ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, unda ularni yaxshilik bilan ushlab qolinglar yoki chiroyli bir tarzda qoʻyib yuboringlar. Ammo ularni qiynash uchun zarar bergan holda majburan ushlab turmanglar. Kimda-kim shunday ish qiladigan boʻlsa, shubhasiz, u oʻziga zulm qilgan boʻladi. Allohning oyatlarini ermak qilmanglar. Allohning sizlarga ato etgan neʼmatini va sizlarga vaʼz-nasihat boʻlsin deb nozil qilgan kitob va hikmatni yodingizda tutinglar. Allohdan qoʻrqinglar hamda, albatta, Alloh har bir narsani biluvchi – Aʼlim Zot ekanini bilinglar.
Sizlardan vafot etib, orqalarida juftlarini qoldirganlarning beva ayollari toʻrt oy-u oʻn kun oʻzlarini kuzatib, idda saqlab oʻtiradilar. Agarda idda muddatlari oxiriga yetsa, oʻzlarining keyingi hayotlari haqida yaxshilik istab qilgan ishlarida sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardordir.
Sizlardan vafot etayotib, orqalarida ayollarni qoldirayotgan kimsalar xotinlariga bir yilgacha erining uyidan chiqarilmagan holda hayot kechirib, taʼminlanishlari uchun vasiyat qoldirib ketsinlar. Agar ular oʻz roziliklari bilan uydan chiqib ketib, oʻzlarining keyingi hayotlari haqida yaxshilik istab qilgan ishlarida sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Bashariyatga yuborilgan ana shu payg‘ambarlarning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik. Ular orasidan Alloh bevosita gaplashgani va ayrimlarining darajasini yuqori koʻtargani ham bor. Maryam oʻg‘li Iso payg‘ambarga moʻʼjizalar berdik va uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllab-quvvatladik. Agar Alloh xohlasa edi, ularga ochiq-oydin dalillar kelgandan keyin ularning orqasidan kelgan ummatlar bir-birlari bilan jang qilmas edilar. Lekin ular turli ixtiloflarga tushdilar, ulardan iymon keltirgan ham, inkor qilgan ham boʻldi. Agar Alloh istamasa edi, ular bir-birlarini oʻldirmas edilar. Lekin Alloh Oʻzi istaganini qiladi.
Agarda shundan keyin ham itoat qilmasangiz, unda Alloh va Rasuli tomonidan sizlarga qarshi urush ochilishini eshitib qoʻyinglar. Shoyad, tavba qilsangizlar, u holda avvalgi sarmoyalaringiz oʻzingizga qoladi. Shunda siz zulm ham qilmagan va adolatsizlikka ham uchramagan boʻlasiz.
Ey moʻminlar, maʼlum bir muddatga bir-birlaringiz bilan qarz oldi-berdi muomalasini qilsangiz, uni yozib qoʻyinglar. Oralaringizdagi bir kotib adolat bilan toʻg‘ri qilib yozsin. Hech qaysi bir kotib Alloh bildirganidek yozishdan bosh tortmasin, qanday boʻlsa, shunday yozsin. Zimmasida qarzi boʻlgan kishi aytib turib yozdirsin hamda Robbisi boʻlgan Allohdan qoʻrqsin va olgan qarzidan biror narsa kamaytirib yozdirmasin. Bordi-yu boʻynida qarzi boʻlgan odam aqli noraso, yosh yoki juda keksaligi bois ojiz hamda karligi, soqovligi va til bilmasligi tufayli aytib turishga qodir boʻlmasa, u holda uning vakili adolat bilan aytib tursin. Shuningdek, erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qilinglar. Agarda ikki erkak boʻlmasa, sizlar rozi boʻladigan guvohlardan bir erkak kishi va ikki ayolni guvoh qilinglarki, biri unutib adashganda ikkinchisi eslatib turadi. Guvohlar guvohlik uchun chaqirilganda kelishdan bosh tortmasinlar. Qarz xoh katta boʻlsin, xoh kichik boʻlsin muddatigacha yozib qoʻyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida eng adolatli, shohidlik uchun eng durust va gumon qilmaslik uchun eng yaqin boʻlgan hukmdir. Lekin oralaringizda aylantirib turgan naqd savdo muomalangiz boʻlsa, uni yozmaslikda sizlarga gunoh boʻlmaydi. Oʻzaro oldi-berdi qilganingizda ham guvoh keltiringlar. Agar xarajatlari boʻlsa, yozgan odam ham, guvoh ham zarar qilmasinlar. Agar ularga zarar qilsangiz, shubhasiz, bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qoʻrqinglar, Alloh sizlarga shu tariqa taʼlim beradi. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.
Moʻmin kimsalar moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni oʻzlariga doʻst tutmasinlar. Kimda-kim bunday qilsa, bas, Alloh bilan ular oʻrtasida hech qanday rishta yoʻqdir. Faqat ularning zararidan ehtiyot boʻlish maqsadida yoʻliga muomala qilsangiz mumkindir. Alloh sizlarni yolg‘iz Oʻzidan qoʻrqishingiz haqida ogohlantiradi. Oqibatda qaytib boriladigan joy, faqat Alloh huzurigadir.
Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
Ezgulikdan nimaiki qilgan boʻlsalar, uning savobi behuda ketib berkitilmaydi. Zero, Alloh taqvodor kimsalarni yaxshi biluvchidir.
Ular biror bir buzuq ish qilib yoki nafslariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini soʻraydilar. Axir Allohdan oʻzga gunohlarni kim ham mag‘firat qilardi? Shuningdek, ular bilib turib qilayotgan yomon ishlarida davom etmaydigan kimsalardir.
Ular biror bir buzuq ish qilib yoki nafslariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini soʻraydilar. Axir Allohdan oʻzga gunohlarni kim ham mag‘firat qilardi? Shuningdek, ular bilib turib qilayotgan yomon ishlarida davom etmaydigan kimsalardir.
Ey Rasulim, qilgan yomon ishlariga suyunib, qilmagan yaxshi ishlariga maqtalishni xush koʻradigan kimsalarni azobdan najotda deb hisoblamang.
Kimki bu yomon ishlarni adovat va zulm qilgan holda amalga oshirsa, yaqinda uni doʻzaxga kiritib toblaymiz. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.