وَإِذَا فَعَلُوا فَاحِشَةً قَالُوا وَجَدْنَا عَلَيْهَا آبَاءَنَا وَاللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Mushriklar biror buzuq ish qilsalar: “Ota-bobolarimizni shu ishlarni qilgan holda topganmiz. Ularni bizga Alloh buyurgan”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Alloh aslo bunday buzuq ishlarga buyurmaydi. Alloh shaʼniga oʻzingiz bilmagan narsalarni aytasizlarmi?” – deb ayting.

