Ikki jamoa toʻqnashgan paytda sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, u mushriklar esa vodiyning chekka tomonida ekanini eslanglar. Sizlar oʻlja qilib olmoqchi boʻlgan karvon esa sizdan pastroqda edi. Bordi-yu mushriklar bilan jang qilish uchun oldindan vaʼdalashgan boʻlsangiz ham, baribir muayyan vaqt va joy haqida kelisha olmay ixtilof qilgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh jangda halok boʻlganlar ham dalil bilan halok boʻlishlari, hayotda qolganlar ham dalil bilan tirik qolishlari uchun ishni tamomiga yetkazish maqsadida sizlarni dushman bilan toʻsatdan toʻqnashtirib qoʻydi. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

