Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
There are 294 verses derived from the masdar-o'zak ق ب ل you searched for.
sendan oldin, sizdan oldingilarni, oldinroq, qabul qilinmaydi, ulardan oldingi(lar ham), va qabul qilinmaydi, qabul buyur, qiblalari, bir qibla, bir qiblaga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Ey Muhammad, iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan kimsalar uchun haqiqatan, tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlar muhayyo ekani haqida xushxabar bering. Har gal u yerdan bir meva ularga rizq qilib berilsa: “Axir dunyoda bunday rizq bizga oldin ham berilgan edi-ku?” – deydilar. Ularga, faqatgina u mevaning koʻrinishi oʻxshash qilib berilgan xolos. Hamda u jannat ahllari uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular jannatda mangu qoladilar.
Bir nafs egasi boshqasi uchun hech narsa toʻlab berolmaydigan, hech kimdan shafoat qabul qilinmaydigan, qilgan gunohlari uchun badal olinib, evaziga ozod qilinmaydigan, birov tomonidan ular uchun yordam berilmaydigan qiyomat kunidan qoʻrqinglar.
Vaqtiki, ularga Allohning huzuridan oʻzlaridagi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlgan kitob kelganida, chunonchi oʻzlari oldin kofirlarga qarshi shu Qurʼon vasilasi bilan yordam soʻrab yurardilar. Ularga oʻzlari tanigan zot boʻlmish Muhammad kelganida esa, inkor qilib kufr keltirdilar. Bas, shunday ekan, kofirlarga Allohning laʼnati boʻlsin!
Agarda yahudiylarga: “Alloh tushirgan kitobga iymon keltiringlar”, – deyilsa, Ular: “Biz oʻzimizga tushirilgan Tavrotga iymon keltiramiz”, – deydilar. Ularning yonlaridagi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib kelgan, keyingi haq kitob boʻlmish Qurʼonni esa inkor qiladilar. Ey Muhammad, ularga: “Agar Tavrotga iymon keltirgan boʻlsangizlar, unda nega ilgari Allohning payg‘ambarlarini oʻldirar edingizlar?” – deb ayting.
Ey moʻminlar yoki sizlar ham xuddi ilgari yahudiylar tarafidan Muso payg‘ambar soʻroqqa tutilganidek payg‘ambaringizni boʻlmag‘ur savollarga tutishni xohlaysizlarmi? Bilib qoʻying, kim iymonni kufrga almashtirsa, shubhasiz, u toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.
Bilmaydigan nodon kimsalar: “Alloh bizlarga toʻg‘ridan-toʻg‘ri gapirsa yoki bizga biror-bir alomat kelsa edi”, – deydilar. Ulardan burungilar ham xuddi ularning gaplariga oʻxshash gaplarni aytgandilar. Ularning fikru xayollari, qalblari bir-birlarinikiga oʻxshaydi. Biz barcha alomat va oyatlarni toʻliq ishonadigan odamlar uchun bayon qilib berganmiz.
Hech kim boshqasi uchun biror narsa toʻlab berolmaydigan, qilgan gunohlari uchun undan badal olinib, evaziga ozod qilinmaydigan, unga shafoat ham foyda bermaydigan, hech kim tomonidan ularga yordam berilmaydigan kun boʻlmish qiyomatdan qoʻrqinglar.
Ibrohim oʻg‘li Ismoil bilan birgalikda Alloh uyidan sanalmish Kaʼbaning poydevorini koʻtarayotib: “Ey Robbimiz, bizdan bu qilayotgan amalimizni qabul qilgin. Shubhasiz, sen hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va biluvchi – Aʼlim Zotsan”, – deb aytganlarini eslang.
Odamlar orasidan baʼzi nodonlari musulmonlarga qarata: “Ularni oldin, unga yuzlanib ibodat qilgan qiblalaridan voz kechishlariga nima sabab boʻldi ekan?” – deydilar. Ey Rasulim, siz ularga: “Yer yuzining sharqi ham g‘arbi ham Alloh taolonikidir. U Oʻzi xohlagan kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga yetaklaydi”, – deb ayting.
Shunday qilib, Biz siz musulmonlarni insoniyatga shohid va oʻrnak boʻlishingiz hamda payg‘ambar ham sizlar uchun guvoh boʻlishi uchun moʻʼtadil, oʻrta bir ummat qildik. Siz ilgari unga yuzlanib ibodat qilgan qiblani oʻzgartirishimiz esa, kim payg‘ambarga ergashishini, kim itoat qilmay orqasiga qarab qaytib ketishini bilish uchun sinov qilganmiz, xolos. Shubhasiz, bu qiblaning oʻzgarishi Alloh hidoyat berganlaridan boshqalari uchun og‘ir bir ishdir. Alloh avvalgi qiblaga qarab qilgan ibodatdagi iymonlaringizni, zoe qilmoqchi emas. Shubhasiz, Alloh odamlarga oʻta shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Rasulim, gohida vahiy umidida yuzingizni osmonga qarab oʻgirilganini koʻramiz. Endi albatta, yuzingizni siz oʻzingiz rozi boʻlgan qibla boʻlmish Kaʼbaga oʻgirtiramiz. Yuzingizni Masjid ul-Harom tomoniga buring. Ey moʻminlar, endi qaerda boʻlsangizlar ham, yuzlaringizni oʻsha Kaʼba tomoniga buringlar. Oʻzlariga kitob berilganlar, albatta, bu amrni Robbilaridan kelgan haq farmon deb biladilar. Alloh ularning qilayotgan ishlaridan bexabar emasdir.
Qasam boʻlsinki, kitob berilgan yahudiy va nasroniylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular baribir qiblangizga yuzlanib ergashmaydilar. Siz shundoq ham ularning qiblalariga tobe emassiz. Yahudiylar va nasroniylar ham oʻzaro bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar sizga yetib kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashib ketsangiz, u holda, shubhasiz, zulm qilganlardan boʻlib qolasiz.
Qasam boʻlsinki, kitob berilgan yahudiy va nasroniylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular baribir qiblangizga yuzlanib ergashmaydilar. Siz shundoq ham ularning qiblalariga tobe emassiz. Yahudiylar va nasroniylar ham oʻzaro bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar sizga yetib kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashib ketsangiz, u holda, shubhasiz, zulm qilganlardan boʻlib qolasiz.
Qasam boʻlsinki, kitob berilgan yahudiy va nasroniylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular baribir qiblangizga yuzlanib ergashmaydilar. Siz shundoq ham ularning qiblalariga tobe emassiz. Yahudiylar va nasroniylar ham oʻzaro bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar sizga yetib kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashib ketsangiz, u holda, shubhasiz, zulm qilganlardan boʻlib qolasiz.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan avvalgi ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi. Shoyad, bu roʻza sababidan Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Haj mavsumida Robbingizdan fazlu barakat tilab, tijorat qilishingizda sizlarga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Arofatdan toʻp-toʻp boʻlib Muzdalifaga tushganingizda Mashʼar ul-Harom degan joyda Allohni zikr qilinglar. Sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgani uchun Uni eslanglar. Garchi Islomdan avval toʻg‘ri yoʻldan adashib yurgan edingizlar.
Ey moʻminlar, nima yoki sizdan oldingi oʻtganlarning boshlariga kelgan ibratli voqealar sizlarga ham kelmay turib jannatga bemalol kirib ketamiz deb oʻyladinglarmi?! Ularga tashvish va musibatlar yog‘ilib kelib, shunday titragan edilarki, hatto payg‘ambar va u bilan boʻlgan iymonli kishilar: “Allohning yordami qachon kelarkin-a?” – deb yuborishar edi. Ogoh boʻlinglar, shubhasiz, Allohning yordami yaqindir.