قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنْكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَىٰ أَنْ تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِنْدِكَ ۖ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ
Shuʼayb payg‘ambar Musoga: “Agar rozi boʻlsang, menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Agar oʻn yilni ishlab bitirsang, bu sendan bizga yaxshilikdir. Men seni mashaqqatga solishni istamayman. Agar Alloh xohlasa mening solih kishilardan ekanimni bilasan”, – dedi.

