Muso tayin qilgan vaqtimizga kelish uchun qavmidan buzoqqa sig‘inmagan yetmish kishini tanlab oldi. Shunda ularni shiddatli zilzila tutdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, agar istasang edi, ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan boʻlarding. Nahotki oramizdagi baʼzi bir nodonlarning qilmishlari tufayli bizlarni halok qilasan?! Albatta, bular Sening bizga bergan sinovingdir. Sen u sinov bilan xohlagan kishingni yoʻldan adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyatga boshlaysan. Yolg‘iz Sen bizlarning egamizsan. Shunday ekan, bizlarni kechir va bizlarga rahm qil. Sen mag‘firat qiluvchilarning eng afzalisan”, – dedi.

