Farishtalar: “Biz senga chindan ham farzand koʻrishing xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan boʻlmagin”, – dedilar.
There are 6 verses derived from the masdar-o'zak ق ن ط you searched for.
umid uzganlar, umid uzar, umidsizlikka tushadilar, umid uzmang, umidsiz bo'ladi, umidlarini uzgandan keyin
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Farishtalar: “Biz senga chindan ham farzand koʻrishing xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan boʻlmagin”, – dedilar.
Ibrohim ularga: “Ha, albatta, Robbisining rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid boʻladilar”, – dedi.
Qachonki, Biz odamlarga huzurimizdan biror marhamat tottirsak ular bundan xursand boʻladilar. Agar oʻz qoʻllari bilan qi
Ey Muhammad, ularga Mening nomimdan: “Ey oʻz jonlariga zulm qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar! Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, deb ayting.
Inson oʻzi uchun yaxshilik tilashdan hech charchamaydi. Agar unga biror yomonlik yetib qolsa, u umidsiz va tushkun boʻlib qoladi.
U qurg‘oqchilik tufayli odamlar umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg‘ir yog‘diradigan va Oʻz rahmatini keng qilib yoyadigan Zotdir. U bandalariga doʻst – Valiy va maqtovga sazovor Hamid Zotdir.