يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا قَوَّامِينَ لِلَّهِ شُهَدَاءَ بِالْقِسْطِ ۖ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَآنُ قَوْمٍ عَلَىٰ أَلَّا تَعْدِلُوا ۚ اعْدِلُوا هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۖ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ
Ey iymon keltirganlar, Alloh uchun haqda sobit turib, guvohlik qilishda adolatli boʻlinglar. Biror bir qavmga boʻlgan xusumatingiz sizlarni ularga qarshi adolatsiz boʻlishga chorlamasin. Adolat qilinglar, mana shu taqvoga eng yaqin jihatdir. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shubhasiz, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.

