Alloh oʻsha kunda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, senga va volidangga bergan neʼmatlarimni xotirlagin. Oʻshanda seni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllagan edim. Odamlarga beshikda ekaningda ham, navqiron chog‘ingda ham gapirarding. Hamda senga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini oʻxshatib yasar, keyin unga puflarding va u Mening iznim bilan haqiqiy bir qush boʻlib qolar edi. Mening iznim bilan tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzatar eding. Mening iznim bilan oʻliklarni ham tiriltira olar eding. Ularga ochiq-oydin dalillar bilan kelganingda ular orasidagi kufr keltirgan kimsalar: “Bu aniq sehrdir”, – degan edilar. Oʻshanda bani Isroil avlodlarining yomonligidan seni toʻsib qolganimni ham yodga ol”, – deydi.

