U kimsalar esa huzurlaridagi Tavrot va Injilda nomi yozilgan, deb topgan va oʻqish yozishni bilmaydigan ummiy – Rasul va Nabiyga ergashadiganlardir. Bu payg‘ambar esa ularni yaxshi ishlarni qilishga buyuradi va yomon ishlardan qaytaradi. Ularga pokiza rizqlarni halol qiladi va nopok narsalarni harom qiladi. Hamda gardanlaridagi og‘ir yuklarni va boʻyinlaridagi zillat zanjirlarini ulardan olib tashlaydi. Shuningdek, u kimsalar unga iymon keltirgan, payg‘ambarga hurmat bajo qilgan va unga yordam koʻrsatganlardir. Hamda Rasulga nozil qilingan nur boʻlmish Qurʼon hukmlariga ergashgan zotlardir. Aynan oʻshalar najot topganlardir.

