Ismlarning eng goʻzali Allohga oiddir. Bas, Unga u ismlar bilan duo qilinglar. Uning ismlari haqida nomaqbul tarafga og‘adiganlarni oʻz holiga tashlab qoʻyinglar. Yaqinda ular qilgan ishlariga yarasha jazolanadilar.
There are 6 verses derived from the masdar-o'zak ل ح د you searched for.
egrilikka burilgan(lar)ni, nisbat bergan, sig'inadigan kishi, haqdan toyilmoq, to'g'rilikdan toyilganlar, sig'inadigan kishi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ismlarning eng goʻzali Allohga oiddir. Bas, Unga u ismlar bilan duo qilinglar. Uning ismlari haqida nomaqbul tarafga og‘adiganlarni oʻz holiga tashlab qoʻyinglar. Yaqinda ular qilgan ishlariga yarasha jazolanadilar.
Albatta, Biz ularning: “Aniqki, u Muhammadga Qurʼonni bir odam oʻrgatyapti”, – deyayotganlarini bilamiz. Lekin ular ishora qilayotgan kimsaning tili arabiy emas ajamiy tildir. Bu Qurʼon esa aniq arabiydir.
Ey Muhammad, sizga vahiy qilingan Robbingizning kitobini tilovat qiling. Uning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Undan boshqa aslo hech qanday panohni topa olmaysiz.
Albatta, kufr keltirgan kimsalarga, Allohning yoʻlidan hamda Biz Makka ahli uchun ham, tashqaridan keluvchilar uchun ham ziyorat qilishni barobar qilib qoʻygan Masjid ul-Haromdan toʻsadigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlgan kimsalarga alamli azobdan tottirib qoʻyamiz.
Albatta, oyatlarimiz haqida ularni buzmoqchi boʻlib, egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy boʻlib qolmaydilar. Axir, doʻzaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki qiyomat kunida Allohning azobidan xotirjam holda keladigan kishimi?! Ey odamlar, mana sizlarga ikki yoʻl. Xohlagan narsangizni qilaveringlar, albatta, U qilayotgan ishlaringizni koʻrib turuvchidir.
Ey Muhammad kofirlarga: “Albatta meni Allohning azobidan aslo biror kimsa himoya qila olmaydi va men hargiz Undan oʻzga panoh ham topa olmayman”, – deb ayting.