Ey iymon keltirganlar, sizlardan kim dinidan qaytsa, uning oʻrniga Alloh ularni sevadigan va ular ham Allohni sevadigan bir qavmni keltiradi. Ular moʻminlarga yumshoq koʻngilli, kofirlarga esa viqorlidirlar hamda Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qiladilar, malomatgoʻyning malomatidan qoʻrqmaydilar. Mana bu Allohning Oʻzi xohlaganiga beradigan fazlu karamidir. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.

