Sizlarga roʻza oyining tunlarida xotinlaringiz bilan qoʻshilish halol qilindi. Ayollar sizlar uchun, sizlar ham ular uchun gunohlardan saqlanishga yopinchiq kabi libosdirsizlar. Alloh sizlarni kechalari nafsingizga xiyonat qilayotganingizni bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan roʻzaning tunlarida bemalol qoʻshilib, Alloh sizlar uchun bitgan farzand neʼmatini umid qilaveringlar. Tong paytidan boshlab oq ip qora ipdan ajralib, maʼlum boʻladigan vaqtgacha yeb-ichaveringlar. Soʻngra roʻzani kechgacha mukammal qilib tutinglar. Masjidlarda eʼtikofni niyat qilib oʻtirgan paytlaringizda esa xotinlaringiz bilan qoʻshilmanglar. Mana bu hukmlar Allohning sizlarga belgilab qoʻygan chegaralaridir. Alloh man qilgan ishlarga yaqinlashmanglar. Alloh oʻz oyatlarini odamlar gunoh ishlardan saqlanishlari uchun mana shunday ochiq-oydin bayon qiladi.

