قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِنْ شِرْكٍ وَمَا لَهُ مِنْهُمْ مِنْ ظَهِيرٍ
Ey Muhammad, mushriklarga: “Sizlar Allohdan boshqa xudolar deb gumon qilgan butlaringizga iltijo qilaveringlar! Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha narsaga ham ega emasdirlar. Ular uchun Yeru osmon – ikkisining yaratilishida sheriklik ham yoʻqdir. Hamda U Zotga ulardan birorta yordamchi ham yoʻq”, – deb ayting.

