Allohning Payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kimsalar – aynan oʻshalar Alloh ularning qalblarini taqvo uchun imtihon qilgan kimsalardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
There are 2 verses derived from the masdar-o'zak م ح ن you searched for.
imtihon qildi, ularni imtihon qiling
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Allohning Payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kimsalar – aynan oʻshalar Alloh ularning qalblarini taqvo uchun imtihon qilgan kimsalardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlarga Makka kofirlari tomonidan moʻminalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ularni imtihon qilib koʻringlar! Alloh ularning qalblaridagi iymonlarini juda yaxshi biluvchidir. Bas, agar ularning chindan ham moʻmina ekanliklarini bilsangiz, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! Bular endi kofirlar uchun halol emas va u kofirlar bu ayollar uchun halol emasdir. Sizlarning oldingizda qolgan moʻminalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun sarflagan mahrlarini erlariga qaytarib beringlar. Qachonki, ularga mahrlarini bersangizlar keyin ularni nikohlaringizga olishda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, sizlar ham xotinlaringiz kofira boʻlgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, ularning yoʻllarini toʻsib, nikohlaringizda saqlamanglar va kofir ayollarning qoʻllarini tutmanglar. Oʻzlaringiz sarflagan mahrni ulardan talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini moʻminlardan talab qilsinlar! Bu Allohning hukmidir. U sizlarning oʻrtangizda hukm qiladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.