Alloh nimani xohlasa, uning hukmini bekor qiladi va nimani xohlasa, uni sobit qiladi. Kitobning onasi boʻlgan Lavh ul-Mahfuz Uning huzuridadir.
There are 3 verses derived from the masdar-o'zak م ح و you searched for.
o'chiradi, (so'ng) o'chirdik, va mahv qiladi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh nimani xohlasa, uning hukmini bekor qiladi va nimani xohlasa, uni sobit qiladi. Kitobning onasi boʻlgan Lavh ul-Mahfuz Uning huzuridadir.
Biz kecha va kunduzni qudratimizni koʻrsatib turadigan ikki ibratli belgi qilib qoʻydik. Soʻngra kechaning alomati boʻlgan zulmatni oʻchirib, uning oʻrniga Robbingizdan fazl istashlaringiz uchun hamda yillarning sanog‘ini va hisobini bilishingiz uchun kunduz alomati boʻlgan yorug‘likni koʻrsatuvchi qildik. Hamda barcha narsani Qurʼonda batafsil bayon qilib qoʻydik.
Yoki mushriklar: “Muhammad payg‘ambarman deb, Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqidi”, – deydilarmi?! Undoq emas, chunki agar siz yolg‘on toʻqigan boʻlsangiz Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qoʻyar edi. Alloh Oʻz soʻzlari bilan botil gaplarni yoʻq qiladi va haqni muqarrar qiladi. Albatta, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.