كُلًّا نُمِدُّ هَٰؤُلَاءِ وَهَٰؤُلَاءِ مِنْ عَطَاءِ رَبِّكَ ۚ وَمَا كَانَ عَطَاءُ رَبِّكَ مَحْظُورًا
Ey Rasulim, oxirat ajrini istagan mana bu moʻminlarga ham, dunyo manfaatini istagan anavi kofirlarga ham – barchalariga Robbingizning neʼmatidan ato qilamiz. Robbingizning neʼmati hech kimdan cheklangan emasdir.

