وَمَا مَنَعَنَا أَنْ نُرْسِلَ بِالْآيَاتِ إِلَّا أَنْ كَذَّبَ بِهَا الْأَوَّلُونَ ۚ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا
Kofir va mushriklar soʻragan moʻʼjizalarni yuborishimizdan Bizni faqat avvalgi ummatlar u moʻʼjizalarni yolg‘onga chiqarganlari uchun man qildi. Samud qabilasiga ochiq moʻʼjiza sifatida tuyani keltirganimizda unga zulm qildilar. Biz moʻʼjizalarni faqat odamlarni halokatdan qoʻrqitish uchun yuboramiz.

