Alloh farzandlaringizga meros borasida bir oʻg‘il uchun ikki qiz ulushi miqdoricha meros berishni amr qiladi. Agar merosxoʻrlar ikkidan ortiq ayol boʻlsalar, ularga marhum qoldirganning uchdan ikkisi tegadi. Bordi-yu yakka qiz boʻlsa, unga merosning yarmi tegadi. Agar marhumning farzandi boʻlsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosning oltidan biri tegadi. Bordi-yu farzandi boʻlmay, faqat ota-onasi merosxoʻr boʻladigan boʻlsa, unda onasiga uchdan bir ulush tegadi. Agar marhumning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado qilingandan keyin ijro etiladi. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaati eng yaqinroq ekanini bilmaysizlar. Bular Alloh tarafidan sizlarga qilingan farzdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

