Moʻmin boshqa bir moʻminni, faqat xato tufayli yanglishib oʻldirib qoʻyishi mumkin. Kimda-kim moʻminni yanglishib oʻldirib qoʻysa, uning zimmasiga bir moʻmin qulni ozod qilish hamda marhumning oilasiga taqdim qilingan bir xun toʻlab berishi lozim boʻladi. Biroq marhumning oilasi xun haqini sadaqa qilib kechib yuborsagina toʻlamasa boʻladi. Agar bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam moʻmin boʻlib, sizlarga dushman boʻlgan qavm orasida yashaydigan boʻlsa, u holda bir moʻmin qulni ozod qilish kerak boʻladi. Bordi-yu bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam sizlar va ular orasida bitim tuzilgan qavmdan boʻlsa, oʻldirilganning oilasiga ham xun toʻlab berish, ham bir moʻmin qulni ozod qilish lozim boʻladi. Agarda qul ozod qilishga imkon topmasa, unda Allohdan mag‘firat boʻlishi uchun ikki oy uzluksiz roʻza tutadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

