Haqiqatan, Alloh bani Isroil avlodlarining qatʼiy ahdu paymonini oldi. Biz ularning orasidan oʻn ikki boshliqni tanlab yubordik. Shunda Alloh ularga: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozlarni toʻla toʻkis ado etsangiz, zakot bersangiz, Rasullarimga iymon keltirsangiz, ularga yordam bersangiz, Alloh yoʻliga chiroyli qarz bersangiz, shunda sizlarning gunohlaringizdan oʻtaman va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizaman. Shundan keyin ham kimki kufr keltirsa, shubhasiz, toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.

