Ogoh boʻling, ey moʻminlar, aynan ularning oʻzlari fasod tarqatuvchi kimsalardir. Lekin oʻzlari buzg‘unchi ekanliklarini sezmaydilar.
There are 124 verses derived from the masdar-o'zak وَلَٰكِنَّ you searched for.
lekin, ammo, lekin (der), va lekin, biroq, lekin men, lekin u, lekin bu, lekin ular, va biroq
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ogoh boʻling, ey moʻminlar, aynan ularning oʻzlari fasod tarqatuvchi kimsalardir. Lekin oʻzlari buzg‘unchi ekanliklarini sezmaydilar.
Qachonki ularga: “Odamlar iymon keltirganidek sizlar ham iymon keltiringlar”, – deb aytilsa, ular: “Biz aqli past kimsalar iymon keltirganiga oʻxshab iymon keltiramizmi?” – deb aytadilar. Yana bir bor ogoh boʻlingizki, aynan ularning oʻzlari kaltafahm kimsalardir. Lekin ahmoq ekanliklarini oʻzlari bilmaydilar.
Sizlar jazirama issiqdan saqlanishingiz uchun bulutni ustingizga soyabon qildik. Osmondan sizlarga shirinlik va bedanalar tushirib: “Rizq qilib bergan toza narsalarimizdan yenglar”, – dedik. Bani Isroil avlodlari Bizga zulm qilmadilar, balki, oʻzlariga zulm qilgan edilar.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Alloh yoʻlida oʻldirilgan shahidlarni “oʻlikdirlar”, – deb aytmanglar. Aksincha, ular tirikdirlar, lekin sizlar ularni tirik ekanligini sezmaysizlar.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Sizdan yangi chiqqan oylar haqida soʻrashadi. Ularga: “U oy odamlar uchun yil hisoblari va haj vaqtini belgilashga oʻlchovdir”, – deb ayting. Kaʼba ziyoratidan qaytishda uylaringizning orqa tomonidan kirib kelishingiz yaxshi ish emas, kim Allohdan qoʻrqsa oʻsha yaxshi ishdir. Demak, uylarga eshiklaridan kirib boringlar va Allohdan qoʻrqinglar. Shoyad, shunda najot topsangizlar.
Alloh sizlarni til uchida aytgan behuda qasamlaringiz uchun javobgar tutmaydi. Lekin sizlarni qalbdan bilib turib va xohlab qilgan qasamlaringiz tufayli javobgar qiladi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Sizlar uchun erlari vafot etib, idda saqlab turgan ayollarga sovchi qoʻyish haqida ishora qilish yoki koʻnglingizda sovchi qoʻyish haqida pinhona oʻylab yurishingizda gunoh yoʻq. Zero, Alloh sizlarni u ayollar haqida oʻylab yurganingizni bildi. Lekin ular bilan pinhona vaʼdalashmanglar. Faqat yaxshi gap gapirishingiz mumkin boʻladi. To idda muddati tugamaguncha nikoh aqdini tuzishga qaror qilmanglar. Hamda bilib qoʻyinglar, shubhasiz, Alloh ichingizdagi hamma narsani biladi. Shuningdek, Unga isyon qilishdan ehtiyot boʻlinglar. Hamda Alloh, albatta, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zot ekanini ham bilinglar.
Ey Rasulum, ularning sanoqlari minglab boʻlishiga qaramay, oʻlim qoʻrquvidan yurtlarini tashlab chiqqanlarning ahvolini koʻrmadingizmi? Alloh ularga “oʻlinglar”, – dedi, keyin esa ularni yana tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazl va marhamat Egasidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Shunday qilib, Allohning izni bilan ularning qoʻshinlarini tor-mor qildilar, Dovud esa Jolutni oʻldirdi. Soʻngra Alloh Dovudga podshohlik va hikmat berdi hamda Oʻzi xohlagan ilmlardan taʼlim berdi. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turishi boʻlmasa edi, shubhasiz, Yer yuzi fitna-fasodga toʻlib ketardi. Lekin Alloh barcha olamlar ustida fazlu karam Egasidir.
Bashariyatga yuborilgan ana shu payg‘ambarlarning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik. Ular orasidan Alloh bevosita gaplashgani va ayrimlarining darajasini yuqori koʻtargani ham bor. Maryam oʻg‘li Iso payg‘ambarga moʻʼjizalar berdik va uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllab-quvvatladik. Agar Alloh xohlasa edi, ularga ochiq-oydin dalillar kelgandan keyin ularning orqasidan kelgan ummatlar bir-birlari bilan jang qilmas edilar. Lekin ular turli ixtiloflarga tushdilar, ulardan iymon keltirgan ham, inkor qilgan ham boʻldi. Agar Alloh istamasa edi, ular bir-birlarini oʻldirmas edilar. Lekin Alloh Oʻzi istaganini qiladi.
Bashariyatga yuborilgan ana shu payg‘ambarlarning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik. Ular orasidan Alloh bevosita gaplashgani va ayrimlarining darajasini yuqori koʻtargani ham bor. Maryam oʻg‘li Iso payg‘ambarga moʻʼjizalar berdik va uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllab-quvvatladik. Agar Alloh xohlasa edi, ularga ochiq-oydin dalillar kelgandan keyin ularning orqasidan kelgan ummatlar bir-birlari bilan jang qilmas edilar. Lekin ular turli ixtiloflarga tushdilar, ulardan iymon keltirgan ham, inkor qilgan ham boʻldi. Agar Alloh istamasa edi, ular bir-birlarini oʻldirmas edilar. Lekin Alloh Oʻzi istaganini qiladi.
Ey Muhammad, “Bir zamonlar Ibrohim payg‘ambarning Robbim menga oʻliklarni qanday qilib tiriltirishingni koʻrsat”, – deganini eslang. Oʻshanda Alloh: “Nima, tiriltirishimga ishonmaysanmi?” – degan. Keyin Ibrohim: “Yoʻq, albatta, ishonaman, lekin qalbim yanada xotirjam boʻlishi uchun soʻradim”, – deb aytgan. Alloh unga: “Unday boʻlsa, qushlardan toʻrt xilini ushlaysan va ularni oʻzingga oʻrgatib, keyin kesib maydalaysan. Soʻngra ulardan biror boʻlakni har bir tog‘ boshiga alohida qoʻyib chiqib, yoningga chaqirgin. Ana oʻshanda qushlar tirik holda, senga harakatlanib keladi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zot ekanini bilgin”, – dedi.
Ey Rasulim, ularning hidoyat topishlari sizning zimmangizda emasdir. Yaxshilikdan nimaiki ehson qilgan boʻlsangizlar, oʻzingiz uchundir. Zero, qilayotgan ehsonlaringizni, faqat Allohning yuzini istab qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingizning mukofoti oxiratda sizlarga toʻliq qaytariladi va nohaqlikka uchramaysizlar.
Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmagan edi. Balki haq yoʻldan toymagan hanif musulmon edi. U mushriklardan ham emas edi.
Odamzotdan hech kim Alloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik berganidan keyin insonlarga yuzlanib: “Allohni qoʻyib, menga qul boʻlinglar”, – deyishi aslo mumkin emas. Lekin “Allohning kitobidan taʼlim bergan va taʼlim olganingiz asosida Allohga sig‘inuvchi Robboniy qullar boʻling!”, – deyishi mumkin.
Ularning dunyo hayotida riyo uchun qilgan sadaqalarining misoli xuddi, oʻz-oʻziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib, uni payhon qilgan izg‘irinli shamol kabidir. Alloh ularga zulm qilmadi. Balki ular oʻzlariga zulm qilmoqdalar.
Alloh moʻminlarni pokdan nopokni ajratmasdan, sizlarni hozirgi bu holatda tashlab qoʻymaydi. Shuningdek, Alloh sizlarni g‘aybdan xabardor qilib qoʻymadi. Biroq Alloh Oʻz Rasullaridan xohlagan kishisini tanlab oladi. Allohga va Uning Rasullariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirib, Allohdan qoʻrqsangiz, sizlar uchun ulkan ajr bordir.
Yahudiy boʻlgan kimsalar orasida kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirib aytadiganlari ham bor. Ular atayin tillarini burib va dinga taʼna qilgan holda: “Qulog‘imiz bilan eshitdik va lekin qalbdan itoat qilmadik, eshit, ey soʻzlari eshitilmay qolgur va mazax qilib “roino”, – der edilar. Agarda ular bu gap oʻrniga: “Eshitdik va itoat qildik, eshiting va bizga ham nazar qiling”, – deganlarida oʻzlari uchun yaxshi hamda eng toʻg‘risi shu boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatlagan. U yahudiylardan, faqat kam qismigina iymon keltiradi xolos.