Musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchib oʻtmay, kofirlar bilan qolib nafslariga zulm qilganlarning jonlarini olayotgan farishtalar: “Hijrat paytida nima holda edingizlar?” – deb aytadilar. Ular. “Yer yuzida ojizu notavon edik”, – deb javob beradilar. Shunda ular: “Nima, yoki unda boshqa yerlarga hijrat qilishingiz uchun Allohning Yeri keng emasmidi?” – deydilar. Itoatsizliklari tufayli ularning boradigan joylari jahannamdir. Jahannam naqadar yomon borar joydir.

