مَنِ اهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًا
Kim hidoyat yoʻliga yursa, bas, oʻzi foydasi uchun yuradi. Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolatga ketgan boʻladi. Gunoh yukini koʻtaruvchi hech kim boshqasining gunoh yukini koʻtarmaydi. Biz toki bir payg‘ambar yubormagunimizcha, biror qavmni azoblovchi boʻlmadik.

