Yana ularga yer yuzida imkoniyatlar berib, firʼavn va uning vaziri Homon hamda lashkarlariga davlatlaridan ayrilib, bani Isroil qoʻliga oʻtishdan xavotirlanayotgan narsani koʻrsatib qoʻyishni xohlaymiz.
There are 6 verses derived from the masdar-o'zak هَامَان you searched for.
va Homonga, va Homon, Homon, va Homonni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yana ularga yer yuzida imkoniyatlar berib, firʼavn va uning vaziri Homon hamda lashkarlariga davlatlaridan ayrilib, bani Isroil qoʻliga oʻtishdan xavotirlanayotgan narsani koʻrsatib qoʻyishni xohlaymiz.
Bas, Musoning onasi uni daryoga tashlagach, firʼavn xonadoni uni ulg‘ayganda oʻzlariga dushman va tashvish boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, firʼavn, Homon va ularning lashkarlari xato qiluvchi boʻlgan edilar.
Firʼavn: “Ey odamlar, men sizlar uchun oʻzimdan boshqa biror iloh borligini bilmayman. Bas, Ey Homon, men uchun loyni pishirib, g‘isht quy va bir baland qasr bino qil, shoyadki, men qasr ustiga chiqib Musoning ilohini koʻrsam. Men uni aniq yolg‘onchilardan deb oʻylayman”, – dedi.
Qorun, firʼavn va Homonni ham kufrlari sababli halok qildik. Muso ularga payg‘ambar ekanligi haqida turli hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida takabburlik qildilar va lekin ular azobdan qochib ketuvchi boʻlmadilar.
Muso payg‘ambarni firʼavn, Homon va Qorun oldiga yubordik. Ular: “Muso yolg‘onchi va sehrgardir”, – dedilar.
Firʼavn: “Ey Homon, men uchun bir baland minora qurgin, shoyadki men uning ustiga chiqib sabablarga yetib borsam”, – dedi.