Hech kim boshqasi uchun biror narsa toʻlab berolmaydigan, qilgan gunohlari uchun undan badal olinib, evaziga ozod qilinmaydigan, unga shafoat ham foyda bermaydigan, hech kim tomonidan ularga yordam berilmaydigan kun boʻlmish qiyomatdan qoʻrqinglar.
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Hech kim boshqasi uchun biror narsa toʻlab berolmaydigan, qilgan gunohlari uchun undan badal olinib, evaziga ozod qilinmaydigan, unga shafoat ham foyda bermaydigan, hech kim tomonidan ularga yordam berilmaydigan kun boʻlmish qiyomatdan qoʻrqinglar.
Agar ular ham sizlar iymon keltirgandek iymon keltirsalar, unda chindan ham hidoyat yoʻlini topibdilar. Bordi-yu undan yuz oʻgirsalar, u holda, shubhasiz, sizlarga nisbatan qarshilik va adovat ichidadirlar. Ey Rasulim, bas, sizni ulardan himoya qilishga Allohning oʻzi kifoya qiladi. Albatta, U hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va har bir narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Biz kitob bergan yahudiy va nasroniylar u Muhammadni payg‘ambar ekanligini xuddi oʻz oʻg‘illarini tanigandek bilardilar. Shubhasiz, ulardan bir guruhi oʻz kitoblaridan uning sifatini oʻqib turib, bilgan hollarida haqiqatni yashiradilar.
Ana oʻshalarning ustiga Robbilari tarafidan salovotlar va rahmat yog‘adi. Hamda aynan oʻshalar hidoyat yoʻlini topganlardir.
Kufr keltirgan va kofir holida oʻlib ketgan kimsalarga esa, albatta, Allohning, maloikalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlgay.
Kofirlar laʼnat va doʻzax ichida mangu qoladilar. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularning yuzlariga nazar ham qilinmaydi.
Oʻshanda ortidan ergashgan kimsalar: “Koshki, bizga yana bir karra dunyoga qaytishning imkoni boʻlsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak”, – deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilgan amallarini oʻzlariga hasrat va pushaymonlar qilib koʻrsatadi va ular doʻzaxdan qutulib chiquvchi boʻlmaydilar.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Ey Muhammad, sizdan urush harom qilingan oyda jang qilishning hukmi haqida soʻraydilar. Ularga: “U oyda jang qilish katta gunohdir”, – deb javob bering. Biroq odamlarni Alloh yoʻlidan toʻsish, Uni inkor qilish, odamlarni Masjid ul-Haromga borishiga toʻsqinlik qilish va aholisini u yerdan quvib chiqarish Alloh nazdida kattaroq gunohdir. Fitna chiqarish urush qilishdan koʻra kattaroq gunohdir. Kofirlarning qoʻlidan kelsa edi, sizlarni to haq diningizdan qaytarguncha, jang qilaverardilar. Bordi-yu sizlardan kimki dinidan qaytib, kofir holida oʻlib ketsa, ana oʻshalarning dunyo va oxiratdagi amallari behuda ketgan boʻladi. Ular doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Erning afsus qilib qayta nikohiga olish imkonini beradigan taloq ikki martadir. Bundan keyin endi uni taloq qilmasdan yaxshilik bilan ushlab qolish yoki uchinchi marta taloq qilsa ham, chiroyli bir usulda qoʻyib yuborish kerak boʻladi. Ularga bergan mahringizdan biror narsani olib qolish sizlarga halol boʻlmaydi. Lekin er va xotin ikkovi ham oila davom etgan taqdirda Allohning belgilagan hududlarini oʻrniga qoʻyolmaslikdan qoʻrqsalar, hamda xotin eri bilan yashab ketishiga koʻzi yetmay, eridan taloq qilishni soʻrasa va bu taloq uchun maʼlum miqdorda evaz toʻlashini aytsa, er ham bu taklifni qabul qilsa, ularga gunoh boʻlmaydi. Bular Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlaridir, bas, ularni poymol qilmanglar. Kim Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlarini bosib oʻtsa, ana oʻshalar Zolim kimsalardir.
Ey Rasulum, ularning sanoqlari minglab boʻlishiga qaramay, oʻlim qoʻrquvidan yurtlarini tashlab chiqqanlarning ahvolini koʻrmadingizmi? Alloh ularga “oʻlinglar”, – dedi, keyin esa ularni yana tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazl va marhamat Egasidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Ey iymon keltirganlar, oldi-sotdi, doʻst-birodarlik va shafoat qilib boʻlmaydigan kun kelmasidan burun sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan xayru ehson qilinglar. Kofirlar esa, ular zolimlardir.
Alloh iymon keltirganlarning yordamchisi va doʻstidir. Ularni zulmat qaʼridan nur tomonga chiqaradi. Kufr keltirganlarning doʻstlari esa shaytonlardir. Shaytonlar esa ularni nurdan zulmatga chiqarib tashlaydilar. Ana oʻsha kofirlar doʻzax egalaridir va ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Mol-dunyolarini Alloh yoʻlida ehson qilib, orqasidan qilgan ishlarini minnat qilmaydigan va kishilarga ozor ham bermaydigan kimsalar uchun Robbilari huzurida ajr-mukofotlari bordir. Oxirat kunida ularga hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin yoki oshkora ehson qiladigan kimsalarning Robbilari huzurida ajr-mukofotlari bordir. Hamda ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Ribo yeydigan, sudxoʻrlik qiladigan kimsalar qiyomatda qabrlaridan xuddi shayton chalib, jinni boʻlgan odamdek qayta tiriladilar. Bu jazo ularga “savdo-sotiq ham xuddi sudxoʻrlik kabidir”, – deganlari uchundir. Holbuki, Alloh tijoratni halol, sudxoʻrlikni esa harom qilgan. Bas, agar kimga Robbidan uning haromligiga doir vaʼz-nasihat yetib kelib, sudxoʻrlikdan toʻxtasa, u holda oldingi boʻlib oʻtgan sudxoʻrlikdagi foydalari oʻziga qoladi va uning ishi Allohga havola qilinadi. Agar shundan keyin ham yana sudxoʻrlikka qaytadigan boʻlsa, demak, ular doʻzax egalaridir. Hamda ular u yerda mangu qoluvchi boʻladilar.
Iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan, namozlarni mukammal ado etgan va zakotlarni bergan kimsalarning Robbilari huzurida ularga ajr-mukofotlari bordir. Hamda ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Hammangiz unda Allohga qaytariladigan qiyomat kunidan qoʻrqingar. Soʻngra u yerda har bir jonga qilgan ishi uchun toʻliq jazo yoki mukofot beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol-dunyolari, bola-chaqalari Allohning azobidan hargiz qutqarib qololmaydi. Ana oʻsha kufr keltirgan kimsalar doʻzaxning yoqilg‘ilaridir.
Ey Muhammad, oʻzlariga Tavrot va Injil kitobidan nasiba berilgan kimsalar oralarida hukm qilish uchun Allohning kitobiga chaqiriladilar-u, keyin esa ulardan bir guruhi hukmdan yuz oʻgirgan hollarida ortlariga burilib ketganlarini koʻrmadingizmi?