قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ مَنْ آمَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًا وَأَنْتُمْ شُهَدَاءُ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Ey Muhammad, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Haqiqatga guvoh boʻla turib, nima uchun Allohning toʻg‘ri yoʻlini egri koʻrsatish maqsadida iymon keltirgan kishilarning yoʻlini toʻsasizlar. Bilib qoʻyinglar, Alloh qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas”, – deb ayting.

