وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَىٰ تِسْعَ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ ۖ فَاسْأَلْ بَنِي إِسْرَائِيلَ إِذْ جَاءَهُمْ فَقَالَ لَهُ فِرْعَوْنُ إِنِّي لَأَظُنُّكَ يَا مُوسَىٰ مَسْحُورًا
Biz Muso payg‘ambarga toʻqqiz xil aniq moʻʼjizalarni berdik. Keyin Muso firʼavn oldiga kelgan paytida, unga: “Bani Isroil avlodlarini oʻz yurtlari boʻlgan Shom diyoriga qoʻyib yuborishini undan soʻragin”, – deb amr qildik. Shunda firʼavn unga: “Ey Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb oʻylamoqdaman”, – dedi.

