قُلِ انْظُرُوا مَاذَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِي الْآيَاتُ وَالنُّذُرُ عَنْ قَوْمٍ لَا يُؤْمِنُونَ
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yerdagi yaratilgan narsalarga ibrat bilan nazar solinglar”, – deb ayting. Lekin iymon keltirmaydigan qavmlar uchun moʻʼjizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermaydi.

