Ey qavmim, menga qarshi chiqishingiz tag‘in sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki boʻlmasa, Solih qavmiga yetgandek halokatlar yetib kelishiga olib kelmasin. Darvoqe, Lut qavmi ham sizlardan uncha uzoq emas.
There are 66 verses derived from the masdar-o'zak ج ر م you searched for.
sizni itarmasin, sizni adashtirmasin, jinoyatchilarning, (u yerning) jinoyatchilari, jinoyat qilgan(larga), jinoyatchi, jinoyatchilarni, jinoyatchilar, jinoyat qilganlaridan, shubha
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey qavmim, menga qarshi chiqishingiz tag‘in sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki boʻlmasa, Solih qavmiga yetgandek halokatlar yetib kelishiga olib kelmasin. Darvoqe, Lut qavmi ham sizlardan uncha uzoq emas.
Koshki, sizlardan oldingi asrlarda yashab oʻtgan fazilat egalari Yer yuzidagi buzg‘unchi ishlardan qaytarganlarida edi! Lekin ular ichidan Biz najot berganlardan ozchiligi bu ishni qildilar. Zulm qilganlar esa oʻz maishatlariga berilib ketdilar va gunohkorlardan boʻlib qoldilar.
Nihoyat oʻsha payg‘ambarlar umidsiz boʻlib: “Bizlar aniq yolg‘onchi qilindik”, – deb oʻylay boshlaganlarida, ularga yordamimiz yetib keldi. Bas, Biz xohlagan kishilarga najot berildi. Lekin Bizning azobimiz jinoyatchi qavmlardan orqaga qaytarilmaydi.
Oʻsha qiyomat kunida jinoyatchilarni kishanlar bilan bog‘langan hollarida koʻrasan.
Shunday qilib, u masxara qilish illatini barcha jinoyatchilarning dillariga solib qoʻyamiz.
Farishtalar Ibrohimga: “Bizlar Lut payg‘ambarning gunohkor qavmiga ularni halok qilish uchun yuborildik”, – dedilar.
Hech shubhasiz, Alloh ularning ichlarida yashirayotgan narsani ham, ustlarida oshkor qilayotgan narsani ham biladi. Albatta, U kibr qiluvchilarni yoqtirmaydi.
Oʻzlari yoqtirmagan narsalarni Allohga nisbat qilishadi. Tillari esa oʻzlari uchun yaqinda chiroyli oqibat boʻlishi haqida yolg‘on soʻzlarni soʻzlaydi. Shubha yoʻqki, ular uchun doʻzax bordir va albatta, ular doʻzaxga birinchilar qatorida tashlanadilar.
Shubha yoʻqki, oxiratda ziyon koʻruvchilar ham, albatta, ulardir.
Soʻng har bir kishining nomai aʼmoli bitilgan kitobi oʻz qoʻliga keltirib qoʻyiladi. Bas, gunohkorlarning undagi yozilgan narsalardan qoʻrquvga tushib: “Holimizga voy boʻlsin! Bu qanday kitobdirki, na kichik va na katta gunohni qoldirmay, barchasini hisoblab qoʻyibdi”, – deyishlarini koʻrasiz. Ular qilgan neki amallari boʻlsa, barchasini hozir holda topadilar. Robbingiz hech kimga zulm qilmaydi.
Gunohkorlar doʻzaxni koʻrib, oʻzlarining unga tushuvchi ekanliklarini biladilar va undan qochishga joy topmaydilar.
Gunohkorlarni esa tashna hollarida jahannamga haydaymiz.
Haqiqatan, kimda-kim Robbisining huzuriga gunohkor holida kelsa, albatta, uning uchun jahannam bordir, u joyda na oʻlib qutiladi va na yashab rohatda qoladi.
Sur chalinib, barcha odamlar tiriltiriladigan oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari qoʻrquvdan koʻkarib ketgan hollarida jamlaymiz.
Ular farishtalarni koʻradigan qiyomat kunida jinoyatchilar uchun u kun hech qanday xushxabar yoʻqdir. Farishtalar ularga: “Sizlarga xushxabar butunlay haromdir”, – deydilar.
Biz sizdan oldingi har bir payg‘ambar uchun ham jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushmanlar qilganmiz. Hidoyat qiluvchi va yordamchilikka Robbingizning Oʻzi kifoyadir.
Bizlarni aynan isyonkorlar yoʻldan ozdirgan edilar.
Biz u kufrni jinoyatchilarning qalblariga ana shunday yoʻllab qoʻyganmiz.
Ey Rasulim: “Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solinglar!” – deb ayting.
Muso yana: “Ey Robbim, menga inʼom qilganing haqqi endi aslo jinoyatchilarga yordam beruvchi boʻlmayman”, – dedi.