Onalar bolalarini toʻliq ikki yil emizadilar. Bu hukm emizishni oxirigacha batamom qilmoqchi boʻlgan kimsalar uchundir. U onalarni uyg‘un va maʼqul tarzda yedirib-ichirish va kiyim-kechak bilan taʼminlash otaning boʻynidadir. Hech kimga imkoniyatidan tashqari vazifa yuklatilmaydi. Ona ham, ota ham oʻz bolasi tufayli zarar koʻrmasliklari kerak. Agarda ota oʻlib qolsa, uning merosxoʻri zimmasida ham xuddi shu masʼuliyatlar bordir. Agar ota-ona ikkovi oralarida rozilik va maslahat bilan bolani sutdan ajratishni xohlasalar, ularga gunoh boʻlmaydi. Shuningdek, bolalaringizni enagaga emizdirmoqchi boʻlsangiz va unga beradigan haqni mos va chiroyli tarzda topshirib tursangiz ham sizlarga gunoh boʻlmaydi. Allohdan qoʻrqinglar va bilib qoʻyinglarki, shubhasiz, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.

