Alloh hech qaysi bir jonga kuchi yetmaydigan narsani taklif qilmaydi. Har kimning qilgan yaxshi amali ham, yomon amali ham uning oʻzigadir. Ey Robbimiz, bordi-yu unutgan yoki xato qilgan boʻlsak, bizni bu sababdan javobgar tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingi ummatlarga yuklaganing kabi bizga ham og‘ir yuk yuklamagin. Ey Robbimiz, kuchimiz yetmaydigan masʼuliyatlarni bizlarga yuklab tashlamagin. Bizlarni afv etgin, gunohlarimizni kechirgin va bizlarga rahm qilgin. Sen bizning yolg‘iz Egamizdirsan va kofir qavmlar ustidan bizlarga nusrat bergin.

