فَلَمَّا دَخَلُوا عَلَيْهِ قَالُوا يَا أَيُّهَا الْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا الضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَاعَةٍ مُزْجَاةٍ فَأَوْفِ لَنَا الْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَا ۖ إِنَّ اللَّهَ يَجْزِي الْمُتَصَدِّقِينَ
Ular otalaridan bu soʻzlarni eshitgach, yegulikka almashtirish uchun bor bisotlarini yig‘ishtirib, yana Misr tomonga joʻnab ketishdi. Qachonki Misrga yetib kelib Yusufning huzuriga kirishgach: “Ey aziz inson, bizni va ahli oilalarimizni qiyinchilik tutdi. Bizlar bu safar yoningga arzimas mollar bilan keldik. Bas, bizlarga toʻliq oʻlchovda oziq-ovqat bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, sen kabi sadaqa qiluvchi zotlarni mukofotlaydi”, – dedilar.

