U ahli kitob boʻlgan yahudiylardan kufr keltirgan kimsalarni oʻz diyorlaridan birinchi haydash uchun chiqarib yuborgan Zotdir. Ey moʻminlar, sizlar ularni chiqib ketishlarini oʻylamagan edingiz. Ular ham oʻzlarining qalʼalarini Allohning azobidan saqlovchi deb oʻylagan edilar. Bas, Allohning azobi ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qoʻrqinch soldi. Ular uylarini oʻz qoʻllari va moʻminlarning qoʻllari bilan buzar edilar. Bas, ey aql egalari, bu hodisalardan ibrat olinglar!

