فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ ۗ وَإِنَّا إِذَا أَذَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ الْإِنْسَانَ كَفُورٌ
Ey Muhammad, agar mushriklar shunda ham iymon keltirishdan yuz oʻgirsalar, bas, Biz sizni ularning ustiga qoʻriqchi qilib yubormaganmiz. Sizning zimmangizda faqat vahiyni yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga Oʻz tomonimizdan rahmat qilib neʼmat tottirgan vaqtimizda bu bilan xursand boʻladi, ammo agar ularga oʻz qoʻllari bilan qilgan gunohlari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, inson noshukrlik qiladi.

