يَسْتَعْجِلُ بِهَا الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَالَّذِينَ آمَنُوا مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا الْحَقُّ ۗ أَلَا إِنَّ الَّذِينَ يُمَارُونَ فِي السَّاعَةِ لَفِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ
Qiyomatga iymon keltirmaydigan kimsalar uni tezroq kelishini istaydilar. Iymon keltirgan kimsalar esa undan qoʻrquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini biladilar. Ogoh boʻlinglarki, qiyomat xususida tortishadigan kimsalar haq yoʻldan uzoq zalolatdadirlar!

