Payg‘ambar xotinlaridan biri Hafsaga choʻrisi Moriyaning talog‘i haqidagi bir gapni xufyona aytganini eslang. Bas, qachonki, Hafsa u sir haqida Oishaga xabar bergach, Alloh Payg‘ambarni bundan voqif qildi va u Hafsaga oʻzi bilgan narsaning baʼzisini bildirdi va baʼzisidan voz kechdi. Bas, qachonki, Payg‘ambar Hafsaga xabarni aytgach, u: “Kim sizga bu xabarni berdi?” – dedi. Shunda payg‘ambar: “Menga barcha narsani biluvchi – Aʼlim va hamma narsadan xabardor boʻlgan – Xobir Zot xabar berdi”, – dedi.

