قَالُوا سُبْحَانَكَ مَا كَانَ يَنْبَغِي لَنَا أَنْ نَتَّخِذَ مِنْ دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَاءَ وَلَٰكِنْ مَتَّعْتَهُمْ وَآبَاءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا الذِّكْرَ وَكَانُوا قَوْمًا بُورًا
Shunda ular: “Ey pok Robbimiz, bizlar uchun Sendan oʻzga doʻstlar tutish mumkin emas edi. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini dunyoda turli neʼmatlar bilan bahramand qilib qoʻydinki, hatto ular Seni eslashni ham unutdilar va halokatga uchragan qavm boʻldilar.

