Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
There are 261 verses derived from the masdar-o'zak خ ل ق you searched for.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
U Yer yuzidagi barcha narsalarni siz insonlar uchun yaratgan, soʻngra samoga yuzlanib, ularni yetti qavat osmon qilib tiklagan Zotdir. U barcha narsani hikmatini bilib turuvchi Zotdir.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Shubhasiz, osmonlar va Yerning mukammal holda yaratilishida, kecha va kunduzning vaqti-vaqti bilan almashib turishida, odamlarga nafi tegadigan foydali narsalarini tashib ketayotgan dengizdagi kemalarning suzishida, Alloh osmondan tushirgan va u sababli oʻlik boʻlib yotgan quruq yerga hayot bergan hayotbaxsh suvda va Yerda har xil jonzotlarni tarqatib qoʻyishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu Yer oʻrtasidagi Yaratganning amriga itoatda shay turgan bulutlarda aql yurituvchi qavmlar uchun Allohning qudratiga doir aniq dalillar bordir.
Haj arkonlariga doir ibodatlaringizni ado etganingizdan keyin ilgari ota-bobolaringiz bilan faxrlanib, ularni esga olganingizdek, hatto ulardan ham kuchliroq holda Allohni yodga olinglar. Odamlarning orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Ey Robbimiz, bizlarga, faqat shu dunyoda bergin”, – deydi. Unday kimsalarga oxiratda nasiba yoʻqdir.
Taloq qilingan ayollar uch hayz muddati miqdorida oʻzlarini kuzatib oʻtiradilar. Agar ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsalar, Alloh ularning bachadonlarida yaratgan homilani yoki hayz holatini berkitishlari halol boʻlmaydi. Agar erlari kelishuv qilib, oilani tiklashni xohlab qolsalar, shu muddat ichida ularni qaytarib yana nikohlariga olishga butunlay haqlidirlar. Erkaklarning ayollar ustida haqlari boʻlganidek, ularning ham erkaklar ustida maʼlum bir haqlari bordir. Ammo erkaklarga bu borada ayollardan bir daraja yuqori haq bordir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Shunda Maryam: “Ey Robbim, menga hali odamzodning qoʻli tegmay turib qaydan mendan bola boʻlsin”, – dedi. Alloh unga: “Ha shunday, Alloh Oʻzi istagan narsasini xohlagan tarzda yaratadi. Agar biror bir ishni boʻlishi uchun qaror bersa, unga “boʻl”, – desa tamom u boʻladi”, – dedi.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Darhaqiqat, Isoning otasiz dunyoga kelishi misoli, Alloh nazdida xuddi Odam Atoniki kabidir. Alloh uni tuproqdan yaratib, keyin unga “boʻl”, – dedi, tamom u boʻldi.
Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarini oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar uchun oxiratda hech qanday nasiba yoʻqdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi va rahmat nazari bilan boqmaydi. Ularni gunohlaridan tozalamaydi hamda ular uchun alamli azob tayyorlab qoʻyilgandir.
Shubhasiz, osmonlaru Yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashib turishida aql egalari uchun ochiq alomatlar bordir.
Ular Allohni tik turganlarida ham, oʻtirgan hollarida ham, yotganlarida ham zikr qiladilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: “Ey Robbimiz, Sen bu koinotni bekorga yaratmagansan. Sen nuqsonlardan xolisan va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Ular Allohni tik turganlarida ham, oʻtirgan hollarida ham, yotganlarida ham zikr qiladilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: “Ey Robbimiz, Sen bu koinotni bekorga yaratmagansan. Sen nuqsonlardan xolisan va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Ey odamlar, sizlarni bir jon, yaʼni Odamdan yaratgan va undan esa uning jufti Havvoni yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar tarqatib qoʻygan Robbingizdan qoʻrqinglar. Uning nomi bilan bir-biringizdan talab istakda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik aloqalarini uzishdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir.
Ey odamlar, sizlarni bir jon, yaʼni Odamdan yaratgan va undan esa uning jufti Havvoni yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar tarqatib qoʻygan Robbingizdan qoʻrqinglar. Uning nomi bilan bir-biringizdan talab istakda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik aloqalarini uzishdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir.
Alloh sizlarga yengillik boʻlishini xohlaydi. Chunki inson zaif qilib yaratilgandir.
Hamda shayton: “Albatta, ularni toʻg‘ri yoʻldan ozdiraman, oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qilaman. Ularga buyurganimda menga ergashganlar botil eʼtiqodlariga ishonib, hayvonlarning quloqlarini kesadilar hamda ularga amr qilsam Allohning yaratganlarini asl qiyofasidan boshqasiga oʻzgartiradilar”, – deb aytgan. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni oʻziga doʻst deb tutsa, shubhasiz, u ochiq-oydin zararga duchor boʻlgandir.
Maryam oʻg‘li Masih Allohdir, – deb aytgan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar Alloh Maryam oʻg‘li Masihni, uning onasini hamda Yer yuzidagi barchani halok etishni xohlasa, kim Undan biror narsani qaytarib qolishga qodir boʻla oladi”, – deb ayting. Axir osmonlaru Yer va ular orasidagi barcha borliqning hukmronligi, shubhasiz, Allohga oiddir. U nimani qanday xohlasa, yaratadi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Yahudiylar va nasroniylar: “Biz Allohning bolalari va suyukli bandalarimiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Unday boʻlsa, nega sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydi?” – deb ayting. Yoʻq, aslo, sizlar ham U yaratgan bashariyat kabisizlar. Alloh istagan kishisini mag‘firat qiladi va istaganini azoblaydi. Osmonlaru Yer va ular orasidagi barcha borliqning hukmronligi, shubhasiz, Allohga oiddir. Oxir-oqibat qaytib boriladigan joy yolg‘iz Uning Oʻzigadir.
Alloh oʻsha kunda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, senga va volidangga bergan neʼmatlarimni xotirlagin. Oʻshanda seni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllagan edim. Odamlarga beshikda ekaningda ham, navqiron chog‘ingda ham gapirarding. Hamda senga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini oʻxshatib yasar, keyin unga puflarding va u Mening iznim bilan haqiqiy bir qush boʻlib qolar edi. Mening iznim bilan tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzatar eding. Mening iznim bilan oʻliklarni ham tiriltira olar eding. Ularga ochiq-oydin dalillar bilan kelganingda ular orasidagi kufr keltirgan kimsalar: “Bu aniq sehrdir”, – degan edilar. Oʻshanda bani Isroil avlodlarining yomonligidan seni toʻsib qolganimni ham yodga ol”, – deydi.