وَالَّذِي قَالَ لِوَالِدَيْهِ أُفٍّ لَكُمَا أَتَعِدَانِنِي أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ الْقُرُونُ مِنْ قَبْلِي وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ اللَّهَ وَيْلَكَ آمِنْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَٰذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ
Yana bir kimsa borki, ota-onasiga: “Uf, sizlarga, menga oʻlgandan keyin qabrdan qayta chiqarilishimni vaʼda qilyapsizlarmi?! Holbuki, mendan oldin ham avlodlar oʻtgan-ku nima ular tirildimi?!” – deydi. U ikkisi Allohdan madad tilagan hollarida farzandiga qarab: “Holingga voy boʻlgur, Allohga iymon keltirgin! Allohning vaʼdasi haqdir”, – deydilar. Farzand esa ularga: “Bular bari avvalgilarning afsonalaridir”, – deydi.

