Agarda u oʻlkalarning aholisi iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, ularga samodan va Yerdan barakatlar ochib qoʻyar edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqardilar. Oqibatda qilmishlari tufayli ularni azobga tutdik.
There are 127 verses derived from the masdar-o'zak أ ه ل you searched for.
ahli-, xalqini, oilasi, ahli, oilang-, oilalarining, erkakning oilasi-, ayolning oilasi-, ahliga, xalqi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agarda u oʻlkalarning aholisi iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, ularga samodan va Yerdan barakatlar ochib qoʻyar edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqardilar. Oqibatda qilmishlari tufayli ularni azobga tutdik.
U oʻlkalarning aholisi kechasi uxlab yotganlarida azobimiz ularga kelib qolishidan xotirjammidilar?!
Yoki boʻlmasa u oʻlkalarning aholisi choshgoh vaqtida oʻyin-kulgi qilib yurganlarida azobimiz ularga kelib qolishidan xotirjammilar?!
Oldingi aholisidan keyin Yerni meros qilib olgan nasllar toʻg‘ri yoʻlni topishlari kerak emasmi? Agar xohlasak ularni ham gunohlari tufayli azobga duchor qilar edik. Hamda ularning qalblariga muhr bosardik va ular haqiqatni eshitmay qolardilar.
Bu holni koʻrgan firʼavn: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Aniqki, bu qilmishingiz shaharda Muso bilan til biriktirib, uning aholisini bu yerdan chiqarib yuborish uchun menga qilgan makringizdir. Sizlarga qanday jazo berishimni yaqinda bilib olasizlar”, – dedi.
Atrofingizdagi aʼrobiylardan ham va Madina aholisi ichidan ham munofiqlar bordir. Ular nifoqqa odatlanib ketganlar. Ularni siz bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki karra azoblaymiz. Soʻngra qiyomatda haqiqiy jazo olishlari uchun katta azobga qaytariladilar.
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi uni Biz osmondan tushirgan suv kabidir. Bas, odamlar va hayvonot yeydigan narsalardan iborat boʻlgan Yer oʻsimliklari u bilan qorishib, zamin chiroyli bezagini oladi va ziynatlanadi. Shundan soʻng u yer egalari endi unga erishib, oʻzlarini unga qodir deb oʻylaydilar. Lekin kechasi yoki kunduzi unga amrimiz kelib, u yerni xuddi kuni kecha yashnab turmagan va oʻrib olingandek qilib qoʻyamiz. Biz tafakkur qiluvchi qavm uchun oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilamiz.
Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.
Nuh Robbisiga nido qilib: “Ey Robbim, oʻg‘lim mening ahlimdan. Sening esa oilamga najot berish toʻg‘risidagi vaʼdang haqdir. Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan”, – dedi.
Alloh unga: “Ey Nuh, shubhasiz, u sening ahlingdan emas. Albatta, uning qilgan amali yaxshi ish emas. Bas, Mendan oʻzing yaxshi bilmagan narsalar haqida savol soʻrama. Men senga johillardan boʻlmasligingni buyurib nasihat qilaman.
Farishtalar unga: “Nima, Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey xonadon egalari, sizlarga Allohning rahmati va barakati boʻlsin! Albatta, U Zot oʻta maqtalgan va ulug‘langandir.
Shu payt farishtalar: “Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz. Senga qavming aslo tega olmaydi. Bas, tunning bir qismida oilang bilan chiqib ket. Xotiningdan boshqa sizlardan hech kim atrofga qayrilib boqmasin. Chunki ularga yetgan narsa ayolingga ham yetib keluvchidir. Ularga vaʼda qilingan falokat vaqti bomdod paytidir. Axir tong yaqin emasmi?!” – dedilar.
Shuningdek, Robbingiz aholisi solih ishlarni qiluvchi boʻlgan shaharlarni zulm bilan halok qiluvchi boʻlmadi.
Yusuf qochdi, Zulayho esa quvdi va ikkisi eshikka qarab chopishdi. Soʻngra Zulayho uning koʻylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Shu payt eshik oldida xojasi Qitfirga yoʻliqdilar. Zulayho unga: “Oilangga yomonlikni istagan kishining jazosi faqat zindonga solinishi yoki alamli azob berishdir”, – dedi.
Yusuf Qitfirga: “Yoʻq, U mening nafsimdan jinsiy yaqinlik qilishimni talab qildi”, – dedi. U Zulayhoning qarindoshlaridan biri guvohlik berib: “Agar uning koʻylagi old tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rost aytgan boʻladi, u Yusuf esa yolg‘onchilardan boʻladi”, – dedi.
Yusuf tarozibon yigitlariga: “Ularning, donga almashtirish uchun olib kelgan narsalarini yana yuklarining ichiga qaytarib solib qoʻyinglar. Shoyad, ular uylariga qaytib borganlarida bularni tanib, yana qaytib kelsalar”, – dedi.
Qachonki ular olib kelgan yuklarini ochib koʻrishgach, almashtirib kelish uchun olib borgan narsalarini oʻzlariga qaytarilganini koʻrib: “Ey otamiz, mana qara bu narsalarimiz yana oʻzimizga qaytarilibdi bundan boshqa yana nima xohlaymiz?! Agar ukamiz Binyaminni bizga qoʻshib yuborsang, yana oilamizga yegulik keltiramiz. Ukamizni ham muhofaza qilamiz va uning uchun ham bir tuya yukni koʻproq olamiz. Axir biz olib kelgan narsa bu ozgina oʻlchovdir”, – dedilar.
Ular otalaridan bu soʻzlarni eshitgach, yegulikka almashtirish uchun bor bisotlarini yig‘ishtirib, yana Misr tomonga joʻnab ketishdi. Qachonki Misrga yetib kelib Yusufning huzuriga kirishgach: “Ey aziz inson, bizni va ahli oilalarimizni qiyinchilik tutdi. Bizlar bu safar yoningga arzimas mollar bilan keldik. Bas, bizlarga toʻliq oʻlchovda oziq-ovqat bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, sen kabi sadaqa qiluvchi zotlarni mukofotlaydi”, – dedilar.
Endi mana bu koʻylagimni olib Kanʼon yurtiga boring va qayg‘udan koʻr boʻlgan otamning yuziga tashlang, Allohning izni bilan yana koʻra boshlaydi. Barcha ahli oilangiz bilan yana huzurimga keling.