Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Alloh chivin yoki yaratilish jihatdan undan-da ustunroq narsalarni misol tariqasida keltirishdan uyalib, tortinib oʻtirmaydi. Albatta, iymon keltirgan kimsalar bu oyatlarni Robbilaridan haq boʻlib kelgan deb biladilar. Ammo kufr keltirgan kimsalar esa gumrohlik qilib: “Alloh bu misol bilan nima deyishni xohlaydi?” – deydilar. Alloh bu masallarni keltirish bilan iymon keltirmaganlari uchun koʻpchilikni adashtirib zalolatga ketkazadi hamda koʻpchilikni shu sabab bilan toʻg‘ri yoʻlga yetaklaydi. Lekin Alloh bu misollar bilan faqat fosiq kishilarni yoʻldan adashtiradi.
Ey Rasulim, Robbingiz farishtalarga qarata: “Men Yer yuzida Odamni xalifa qilmoqchiman”, – deganida, farishtalar: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, nohaq qon toʻkadigan kimsalarni xalifa qilib yaratasanmi? Shundoq ham biz Senga hamd va sanoing bilan tasbeh aytib va Seni muqaddas deb bilamizku”, – deb aytganlar. Shunda Alloh: “Albatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”, – dedi.
Shundan soʻng, Odam Robbidan tavba va itoatga doir soʻzlarni va buyruqlarni qabul qilib oldi. Alloh esa uni kechirdi. Darhaqiqat, U tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va bandalariga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Sabr va namozda bardavom kimsalar, albatta, bir kun Robbilariga yuzma-yuz kelishni va shubhasiz, yana Uning huzuriga qaytib boruvchi ekanliklarini biladilar.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga bir paytlar yomon azoblarni ravo koʻrgan, oʻg‘il bolalaringizni soʻyib, ayol-qizlaringizni buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoʻyib yuborgan zolim firʼavn xonadonidan qutqarganimizni eslanglar. Ana oʻsha paytdagi boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan edi.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Shubhasiz, iymon keltirgan kimsalar, yahudiy dinida boʻlganlar, nasroniy dinida boʻlganlar hamda sobiiylar deb atalgan eʼtiqodda boʻlganlardan, kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan boʻlsalar, ular uchun Robbilari tarafidan ajrlari bordir. Unday zotlar uchun oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Keyin ular: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning qandayligini bizlarga bayon qilsin”, – dedilar. Shunda Muso: “U Zotning amr qilishicha, sigir na qari va na juda yosh, shu ikkisi oralig‘idagi oʻrtacha bir sigir boʻlsin”, – deb aytdi. Soʻngra Muso: “Bas, endi sizga amr qilingan ishni qila qolinglar”, – dedi.
Ular yana savol berishda davom etib: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning rangi qanday ekanini bizlarga bayon qilsin”, – dedilar. Muso esa: “U Zotning aytishicha, u sigir sap-sariq va koʻrganlarni koʻzini quvontiradigan, yaltiroq rangli boʻlsin”, – deb aytdi.
Ular yana savollarida davom etgan holda: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning yana qanday ekanini bizlarga yaxshilab bayon qilsin. Bizlar uchun bu kabi sigirlar bir-biriga oʻxshash boʻlib ketyapti. Sigirning qandayligi haqida aniq tushunolmadik”, – dedilar. Agar Alloh xohlasa, shundan keyin biz, albatta, bu ishni qilishda toʻg‘ri yoʻlni topganlardan boʻlamiz.
Agarda yahudiylar iymon keltirgan kimsalarga duch kelib qolsalar: “Biz ham iymon keltirdik”, – deb aytadilar. Bordi-yu bir-birlari bilan yolg‘iz qolsalar: “Alloh sizlarga Tavrotda Muhammadning payg‘ambarligi haqida maʼlum qilib, ochib qoʻygan haqiqatlarni Robbingiz huzurida u dalillar bilan sizlarga qarshi hujjat keltirishlari uchun musulmonlar bilan gaplashyapsizlarmi?! Axir ozgina aql ishlatmaysizlarmi?” – deydilar.
Ahli kitoblardan boʻlgan yahudiy yoki nasroniylarning kofirlari ham, mushriklari ham Robbingiz tarafidan siz musulmonlarga biror bir yaxshilik tushishini xush koʻrmaydilar. Alloh esa rahmatini oʻzi xohlagan bandasiga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam egasidir.
Yoʻq, kimda-kim ezgulik qilgan holida oʻzini Allohga taslim qilsa, uning uchun Robbisi huzurida mukofoti bordir. Hamda ularga oxirat kunida hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Bir paytlar Ibrohimni Robbisi bir necha soʻzlar va buyruqlar bilan imtihon qilganida, ularni batamom ado etganini eslang. Shunda Alloh: “Albatta, Men seni odamlarga yoʻlboshchi, imom qilmoqchiman”, – dedi. Ibrohim esa: “Zurriyotimdan ham qilasanmi?” – deb soʻradi. Alloh: “Mening ahdim zurriyoting orasidagi zolim kimsalargagina yetib bormaydi”, – dedi.
Hamda Ibrohimning: “Ey Robbim, bu Makka shahrini tinch-omon qilgin hamda uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilarini turli xil mevalar bilan rizqlantirgin”, – deganini eslang. Shunda Alloh taolo: “Kufr keltirganlarni ham maʼlum bir vaqt rizqdan ozgina foydalantirib, keyin doʻzax azobiga mubtalo qilaman va u naqadar yomon joydir”, – dedi.
Ibrohim oʻg‘li Ismoil bilan birgalikda Alloh uyidan sanalmish Kaʼbaning poydevorini koʻtarayotib: “Ey Robbimiz, bizdan bu qilayotgan amalimizni qabul qilgin. Shubhasiz, sen hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va biluvchi – Aʼlim Zotsan”, – deb aytganlarini eslang.
Ey Robbimiz, ikkimizni ham Sening buyruqlaringga boʻyin egadigan musulmonlardan qil va naslimizdan Senga taslim boʻladigan musulmon bir ummat chiqar. Bizga Kaʼbadagi ibodat usullarimizni koʻrsat hamda tavbamizni qabul ayla. Albatta, Sen tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotsan.