وَإِذَا رَأَى الَّذِينَ أَشْرَكُوا شُرَكَاءَهُمْ قَالُوا رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ شُرَكَاؤُنَا الَّذِينَ كُنَّا نَدْعُو مِنْ دُونِكَ ۖ فَأَلْقَوْا إِلَيْهِمُ الْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَاذِبُونَ
Qiyomat kuni mushrik boʻlgan kimsalar Allohga sherik qilgan butlarini koʻrgan paytlarida: “Ey Robbimiz, anavilar bizlar Sendan oʻzga sig‘ingan sheriklarimiz”, – deydilar. Butlar esa bunga javoban: “Sizlar haqiqatan, yolg‘onchisizlar”, – deb gap tashlaydilar.

