Ey iymon keltirganlar, Allohning yordamchilari boʻlinglar. Xuddi Maryam oʻg‘li Iso havoriylarga: “Alloh yoʻliga daʼvat qilishimda kim mening yordamchilarim boʻladi?” – deganidek. Havoriylar Isoga: “Biz Allohning dini yoʻlida yordam beruvchilarmiz”, – dedilar. Bas, Isroil avlodidan bir toifa Iso payg‘ambarga iymon keltirdi va bir toifa kufr keltirdi. Bas, Biz iymon keltirgan kimsalarni dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatladik Natijada, ular g‘olib boʻldilar.

