Ey Rasul, og‘izlarida “Iymon keltirdik”, – deydigan, lekin qalblari iymon keltirmagan munofiqlar va yahudiy boʻlgan kimsalardan kufr sari harakat qilayotganlari sizni xafa qilmasin. Ular doimo yolg‘onga quloq osuvchilardir, sizning oldingizga kelmagan boshqa bir yahudiy qavm nomidan josuslik qilib quloq tutib turuvchidirlar. Ular kalimalarni Alloh tarafidan qoʻyilganidan keyin joylarini oʻzgartiradilar. Yahudiylar: “Agar Muhammad tomonidan sizlarga mana bu oʻzgartirilgan hukm berilsa, uni olinglar. Bordi-yu unday hukm berilmasa, uni tark qilinglar”, – deydilar. Alloh kimni fitnaga mubtalo boʻlishini xohlasa, Allohning irodasiga qarshi siz u uchun hech narsa qilishga qodir emassiz. Alloh ana shunday kimsalarning qalblarini tozalashni istamagan. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa alamli azob bordir.

