Yoki yana boshqa bir kishi haqidagi xabarni bilmaysizmi? U kimsa tomlari bosib vayronaga aylangan va huvillab qolgan bir qishloqdan oʻtib ketayotganda oʻziga oʻzi: “Alloh xarobaga aylanib oʻlgandan keyin bu qishloq aholisini qanday qilib qayta tiriltirarkin-a?!” – dedi. Shunda Alloh uni oʻldirib, yuz yil muddatga shu holda tashlab qoʻydi. Yuz yildan keyin uni qayta tiriltirib: “Necha yil shu oʻlik holda yotding?” – dedi. U esa: “Bir kun yoki yarim kun”, – deb javob berdi. Alloh unga: “Yoʻq, sen yuz yil oʻlik holda yotding. Ana taoming va ichimligingga qaragin, buzilib oʻzgarmagan. Endi eshagingga qara, chirib yotibdi. Bunday hodisani koʻrsatishdan maqsad seni insonlarga ibrat qilib koʻrsatishdir. Bu suyaklarni qanday qilib tiklab, keyin ularga goʻsht qoplab, kiydirishimizni koʻrgin”, – dedi. Unga Allohdan boʻlgan moʻʼjiza ochiq-oydin maʼlum boʻlgach: “Albatta, Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zot ekanini bilaman”, – dedi.

