Erning afsus qilib qayta nikohiga olish imkonini beradigan taloq ikki martadir. Bundan keyin endi uni taloq qilmasdan yaxshilik bilan ushlab qolish yoki uchinchi marta taloq qilsa ham, chiroyli bir usulda qoʻyib yuborish kerak boʻladi. Ularga bergan mahringizdan biror narsani olib qolish sizlarga halol boʻlmaydi. Lekin er va xotin ikkovi ham oila davom etgan taqdirda Allohning belgilagan hududlarini oʻrniga qoʻyolmaslikdan qoʻrqsalar, hamda xotin eri bilan yashab ketishiga koʻzi yetmay, eridan taloq qilishni soʻrasa va bu taloq uchun maʼlum miqdorda evaz toʻlashini aytsa, er ham bu taklifni qabul qilsa, ularga gunoh boʻlmaydi. Bular Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlaridir, bas, ularni poymol qilmanglar. Kim Allohning belgilab qoʻygan sharʼiy hududlarini bosib oʻtsa, ana oʻshalar Zolim kimsalardir.

